Britaniya Isroilga qurol sotishni to'xtatishi mumkin

Muxolifatdagi Leyboristlar partiyasi, agar Buyuk Britaniyada bo'lib o'tadigan umumiy saylovlarda g'alaba qozonsa, Isroil va Saudiya Arabistoniga qurol sotishni to'xtatadi. Bu haqda Britaniya sobiq tashqi ishlar vaziri, parlamentga qayta saylanish uchun nomzod Fabian Xemilton aytib o'tdi, uning so'zlaridan Telegraph iqtibos keltirmoqda.

"Qurol savdosi masalasida kelasi hafta saylovlarda g'alaba qozonsak, Isroilga qurol sotishni darhol to'xtatamiz", - dedi siyosatchi.

Xemiltonning qo‘shimcha qilishicha, leyborist Britaniyaning eng yirik mijozi bo‘lgan Saudiya Arabistoniga qurol sotishni ham to‘xtatadi.

Bungacha mamlakat tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron London Isroilga qurol sotish uchun eksport litsenziyalarini berishni to‘xtatmoqchi emasligini ma’lum qilgandi. O‘z navbatida, Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Isroil armiyasiga Amerika qurol-yarog‘ining avvalgi hajmini qayta tiklash masalasi yaqin kelajakda hal qilinishi kerakligini aytdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70310 | Инструменты