Toshkent shahrida bobo o‘z nabirasini qattiq urdi

Ijtimoiy tarmoqlarda yoshi katta erkak bolani yuz qismiga urayotgani holati aks etgan video tarqaldi.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganmoqda.

Aniqlanishicha, joriy yilning 30-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi nafaqadagi M.A. 2020-yilda tug‘ilgan nabirasi A.A. (o‘g‘il bola) bilan sayr qilish uchun ko‘chaga chiqqan vaqtida nabirasi A.A. yugurib uzoqqa ketib qolgan, bobosi esa nabirasidan xavotir olib, bolani qidirgan.

So‘ng, uyidan olisroq bo‘lgan maktab oldida topib, jahl ustida nabirasini bir necha bor qattiq urgan.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv doirasida bolaga yetkazilgan jarohatning darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70420 | Инструменты