2-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Notarial idoraga bormasdan amalga oshiriladigan notarial harakat turlari ko‘paydi

Endilikda portal orqali er va xotinning umumiy mol-mulkni, shu jumladan, ko‘chmas mulkni tasarruf etish bo‘yicha bitim tuzish uchun xotin (er)ning rozilik arizasini olish mumkin.

Parij Olimpiadasida bokschi Abdumalik Halokov va qilichboz Zaynab Dayibekova O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdori bo‘ladi

Parij—2024 Olimpiadasi 26-iyuldan 11-avgustga qadar davom etadi.

DXX: Taxiatosh, Bo‘ston va Bo‘ka tumanlari hokimlari o‘rinbosarlari pora bilan ushlandi

Hozirda uchala holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Toshkent shahar hokimi deputat etib saylandi

Shavkat Umurzakov O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining deputati etib saylandi.

Xavfli chiqindilarni boshqarish borasida xorij tajribasi o‘rganildi

Ekologiya vazirligi huzuridagi Davlat ekologik ekspertizasi markazi bosh direktor birinchi o‘rinbosari Timurlan Aytmuratov Shveysariyaning Jeneva shahrida bo'lib o'tgan "Xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va yo‘q qilib yuborish ustidan nazorat qilish to‘g‘risida" Bazel konvensiyasi ochiq ishchi guruhining 14-yig‘ilishida ishtirok etdi.

Endi yangi haydovchilik guvohnomasini onlayn rasmiylashtirish mumkin

Endilikda yangi haydovchilik guvohnomasini my.gov.uz orqali onlayn rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi. Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjatlar talab qilinmaydi.

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga boradi

Davlat rahbari Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va “SHHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etadi.

O‘zbekistonda fuqarolar osoyishtaligi buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan vaqtlar belgilanmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida “Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Buxorodagi Ark qo‘rg‘oni devoriga chirmashib chiqishga uringan shaxs jarimaga tortildi

U xorijlik va mahalliy sayyohlar ko‘z oldida mazkur ko‘rg‘on devorlariga tirmashib chiqmoqchi bo‘lgan.

Toshkent shahrida yashovchi ayol Afrikadagi katta “meros”ga ishonib, 90 ming dollarga chuv tushdi

Toshkent shahrida yashovchi fuqaro xalqaro firibgarlarga aldanib, katta miqdordagi mablag‘idan ayrildi.

Gulistonda ETK boshlig‘i pora bilan ushlandi

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida tadbirkorning 90 mln so‘mini qo‘lga kiritgan ETK boshlig‘i ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Toshkent shahrida bobo o‘z nabirasini qattiq urdi

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganmoqda.

Fransiya kompaniyasi Shohimardonda ommaviy turizm maskanini qurmoqchi

Loyiha 10 tadan kabinaga ega ikkita arqon yo‘li, 1 ta qiya ko‘targich, 1 ta osma ko‘prik, Zipline, Alpine Coaster attraksionlari va boshqa ko‘plab qo‘shimcha turistik infratuzilma obyektlarini o‘z ichiga oladi.

5 oy ichida O‘zbekistonning MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi $8,8 mlrdga yetdi

MDH mamlakatlari bilan savdo aylanmasida eng ko‘p ulushlar Rossiya (55%), Qozog‘iston (18%), Turkmaniston (5%) va Qirg‘iziston (3%) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Soliq keshbekdan iyun oyida 81 mlndan ko'proq foydalanildi

Joriy yilning 1-iyul holatiga Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 7 mln dan oshdi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70419 | Инструменты