Buyuk Britaniyada rassom Uilyam Tyornerga tegishli bo‘lgan kartina topildi, u haqida deyarli bir yarim asr davomida hech qanday maʼlumot bo‘lmagan, deb yozadi BBC.
Qayd etilishicha, The Rising Squall surati moybo‘yoqda chizilgan. Unda Bristoldagi Hot-Uells issiq bulog‘i bo‘ronli peyzaj fonida tasvirlangan. Bu Tyornerning eng birinchi ishlaridan hisoblanadi — rassom uni 17 yoshida chizgan.
Karina ilk bor 1793 yilda Qirollik akademiyasida ko‘rgazmaga qo‘yilgan. 1858 yilgacha polotnaning taqdiri haqida hech narsa maʼlum bo‘lmagan — oxirgi marotaba u Avstraliyada namoyish etilgandi. 2024 yili kartinani qayta tiklash ishlari vaqtida Tyornerning imzosi aniqlanmaguniga qadar, surat britaniyalik rassomga tegishli ekanini hech kim bilmagan. Ekspertlar Tyornerning moybo‘yoqdagi eng birinchi ishi — bu «Dengizdagi baliqchi» polotnosi, deb hisoblab kelgan.
Kartina Londonning Sotheby‘s kimoshdi uyi orqali 28 iyundan 1 iyulga qadar ko‘rgazmaga qo‘yiladi, keyin esa sotuvga chiqariladi. Kartina 300 ming funt sterlingga baholanmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60901 | Инструменты