Huawei 1
Buyuk Britaniya Rossiya va Xitoyni asosiy xavf deb e’lon qildi

Buyuk Britaniya Rossiya va Xitoyni asosiy xavf tug‘diradigan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Buyuk Britaniya joriy yilning 2 iyun kuni yangi mudofaa strategik sharhini taqdim etadi. 130 sahifalik ushbu hujjatda Rossiyadan kelayotgan xavf bevosita va shoshilinch tahdid sifatida baholangan. Hujjat asosan Ukrainadagi urushdan chiqarilgan saboqlarga asoslangan bo‘lishi kutilmoqda.

Nashr manbalariga ko‘ra, sharhda Xitoy ham asosiy e’tibor markazida bo‘ladi – u “murakkab va qat’iy tahdid” sifatida tavsiflanadi. Xitoy ba’zan Rossiya bilan hamkorlik qilishga tayyor bo‘lgan, shuningdek, ikki mintaqaviy xavf manbai – Eron va Shimoliy Koreya ham hujjatda tilga olinadi. Shu bilan birga, unda “Buyuk Britaniya allaqachon Rossiya bilan urush holatida” degan ibora ishlatilmasligi ko‘zda tutilgan. Bu ochiqchasiga mamlakatlar o‘rtasidagi “kichik ip”ni ham uzib yuborishi mumkin.

Hujjatga ko‘ra, dronlar, sun’iy intellekt va boshqa zamonaviy texnologiyalar urush xarakterini tarixda hech qachon bo‘lmagan darajada o‘zgartirib yuborgan. Natijada sovuq urush tugaganidan buyon eng yuqori darajadagi harbiy tahdid paydo bo‘lgan.

Sharhda Buyuk Britaniyaning tanqidiy infratuzilmasini dronlar va terror hujumlaridan himoya qilish uchun ko‘ngilli otryadlar tashkil etilishi ham rejalashtirilgan. Shuningdek, armiyaning sonini 73 ming kishigacha oshirish masalasi ham ko‘tarilgan.

NATOning sobiq bosh kotibi Jorj Robertson boshchiligidagi ekspertlar guruhi tomonidan tayyorlangan tahlilda yangi mudofaa xarajatlari bo‘yicha majburiyatlar belgilanmaydi. Biroq unda amaldagi Bosh vazir Kir Starmer fevral oyida bildirgan va’da – 2027 yilga qadar mudofaa budjetini yalpi ichki mahsulotning 2,5 foizigacha oshirish, keyingi parlament davrida esa 3 foizga yetkazish yana bir bor tasdiqlanadi.

Sharh ustida ishlagan boshqa ekspertlar qatorida iste’foga chiqqan general Richard Barons hamda AQSH Prezidenti Donald Trampning Rossiya bo‘yicha sobiq maslahatchisi Fiona Xill ham bor.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82800 | Инструменты