Huawei 2
Buyuk Britaniyada do'konlardan suv sotib olishga cheklov kiritildi

Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida qurg‘oqchilik e’lon qilinganligi uchun shisha idishli suvlarni xarid qilishga cheklov kiritildi.

Ma’lum qilinishicha, shahardagi ayrim do‘konlarda bir kishiga atigi 5 ta alohida shisha idishda va 3 ta blokda suv sotilishini ko‘rsatadigan yozuvlar osilgan. Buyuk Britaniyada rekord darajadagi qurg‘oqchilik tufayli minglab xonadonlar ichimlik suvisiz qolgan.

Mamlakatdagi eng yirik suv ta’minoti kompaniyasi "Thames Water" aholini iyun oyidan beri issiqlik va yomg‘irning yo‘qligi sababli suv ta’minotida jiddiy uzilishlar kuzatilishidan ogohlantirgan.

Shuningdek, kompaniya britaniyaliklarga irrigatsiya uchun shlanglardan foydalanishni taqiqlashni ham rejalashtirmoqda.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Buyuk Britaniyadagi jazirama hozir Karib dengizi qismlariga qaraganda kuchliroq. Shu sababli Londonda vahima paydo bo‘lgan, shuning uchun ayrim do‘konlarda shisha idishli suv savdosi cheklangan.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Portugaliya va Ispaniyada haddan ziyod issiq havo harorati tufayli mingdan ziyod inson halok bo'lgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga