Huawei 1
CNN: Tahdid tufayli AQSh bazalarida xavfsizlik kuchaytirildi

AQShning Yevropadagi harbiy bazalari iyun oyi oxirida “Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan tuzilmalar” AQSh harbiy kontingentiga qarshi qo‘poruvchilik qilishlari mumkinligi haqidagi ma’lumot tufayli yuqori shay holatga keltirildi. Bu haqda CNN 9-iyul, seshanba kuni masaladan xabardor manbalarga tayanib xabar berdi.

Ularning soʻzlariga koʻra, soʻnggi ikki hafta ichida AQSh razvedkasi Rossiya “AQSh bazalari va harbiy xizmatchilarni proksi-hujumlarni amalga oshirish imkoniyatlari sifatida koʻrib chiqayotgani” haqida maʼlumot olgan. Manbalarning ta'kidlashicha, bu ma'lumot "qo'shimcha xavfsizlik protokollarini" talab qilish uchun "yetarli darajada tashvishli" deb hisoblangan.

Xavf darajasi 10 yil ichida eng yuqori darajaga yetdi

CNN telekanali 30-iyun kuni AQShning Yevropadagi qator harbiy bazalari shay holatga keltirilgani haqida xabar berdi. Xususan, AQShning Yevropa qo‘mondonligi (USEUCOM) shtab-kvartirasi joylashgan Shtutgartdagi Amerika bazasida qurolli kuchlar himoyasi Charli darajasiga qadar kuchaytirilgan. AQSh armiyasining ma'lumotlariga ko'ra, bu daraja "hodisalar sodir bo'lganda yoki terrorchilik hujumi yoki xodimlar yoki inshootlarga hujum qilish ehtimolini ko'rsatuvchi razvedka ma'lumotlari mavjud bo'lganda" qo'llaniladi. Kanal suhbatdoshlaridan biri bu darajadagi tahdid "kamida 10 yil davomida" kuzatilmaganini ta'kidladi.

AQShning Yevropadagi qo'mondonligi harbiy bazalarda xavfsizlik choralarining kuchaytirilishiga nima sabab bo'lganini to'g'ridan-to'g'ri izohlashdan bosh tortdi. Biroq, USEUCOM vakili Den Dayning ta'kidlashicha, "hushyorlikning kuchayishi biron bir tahdid tufayli emas, balki AQSh kuchlarining Yevropa teatridagi xavfsizligiga potensial ta'sir ko'rsatadigan omillarning kombinatsiyasi bilan bog'liq".

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120621 | Инструменты