Huawei 1
CNN: Trampning kuyovi Yaqin Sharq siyosatida muhim rol o‘ynaydi

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushner yangi ma’muriyatning Yaqin Sharqdagi harakatlarida muhim rol o‘ynaydi. Bu haqda CNN manbalarga tayanib xabar berdi.

Ular Kushnerning rasmiy lavozimni egallashi dargumon, ammo Trampning mintaqadagi siyosatida “asosiy figura” bo‘lishini aytishdi. Manbalarga ko‘ra, Oq uyning bo‘lajak rahbarining kuyovi Yaqin Sharqning ko‘plab yetakchilari bilan yaxshi aloqada bo‘lgan.

Avvalroq Financial Times Trampning kuyovi respublikachilarning yangi ma’muriyati davrida Oq uyga qaytmasligi haqida xabar bergan edi. Gazetaning ta'kidlashicha, Kushner AQShning yangi saylangan prezidentining avvalgi muddatida katta maslahatchisi bo'lgan va Isroil hamda bir qancha arab davlatlari, jumladan BAA, Bahrayn, Sudan va Marokash o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatgan Ibrohim kelishuvlari bo'yicha muzokaralarda muhim rol o'ynagan.

Kushner hukumatga qaytishdan manfaatdor emasligini bir necha bor aytgan, biroq Trampning g‘alabasi va Yaqin Sharqdagi hozirgi inqiroz uning fikrini o‘zgartirishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111614 | Инструменты