AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp “Fox Business” telekanali boshlovchisi va iqtisodchi Larri Kadlouni iqtisodiyot va moliya sohasida yuqori lavozimga tayinlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, The Wall Street Journal xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Trampning maslahatchilari Kadlouni Milliy iqtisodiy kengash rahbari lavozimiga nomzod sifatida ko‘rib chiqqan. U ushbu lavozimgaTrampning birinchi prezidentlik davrida ham egalik qilgan. Bundan tashqari, Kadlou Moliya vaziri lavozimiga ham ko‘rib chiqilishi mumkinligi aytilmoqda.
“Reuters” nashriga ko‘ra, Kadlouga avvalgi lavozimiga qaytish taklif qilingan, ammo u bu taklifni rad etgan. Chunki 77 yoshli iqtisodchi televideniye sohasidagi ishini tark etishni rejalashtirmayapti. U yaqinda “Fox Business” telekanalida o‘z nomidagi dasturini davom ettirish bo‘yicha yangi shartnoma imzolagan.
Ma’lumot uchun, Kadlou 2001-2014 yillarda CNBC telekanalida bir nechta dasturlarni olib borgan. U 2018 yilning aprelida Oq uyda ish boshlagan. AQSHning amaldagi Prezidenti Jo Bayden ma’muriyatida uning o‘rnini Brayan Diz egallagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111616 | Инструменты