Huawei 1
Joriy yil boshidan soliq huquqbuzarliklari haqida 81 mingdan ortiq murojaat yo‘llangan

2024-yil yanvar-oktabr oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 81 236 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan:

- 73 854 tasi xarid cheki bermaslik;
- 3 671 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
- 174 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
- 3 537 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

Murojaatlarning 44 967 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli ko‘rib chiqilmagan.

Murojaatlar asosida 30 843 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 99 % holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 28 116 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 18,7 mlrd soʻm mukofot to‘langan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111616 | Инструменты