Huawei 1
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi

Daniya 2027-yil yanvaridan boshlab ayollar uchun majburiy harbiy xizmatni joriy qiladi va muddatli harbiy xizmatga chaqiruvchilar sonini oshiradi. Bu haqda Danmarks Radio xabar berdi.

Qayd etilishicha, mamlakatda ayollar hali ham harbiy xizmatni o‘tash huquqiga ega, ammo bu ixtiyoriy. Kelajakda ayollar erkaklar bilan teng ravishda harbiy tayyorgarlikdan o‘tadi. 

“Safarbar qilinganlar qurolli kuchlar topshirig‘ini bajarishda markaziy rol o‘ynaydi va murakkab vaziyat yuzaga kelgan taqdirda milliy safarbarlik qobiliyatini kuchaytiradi”, — deydi Daniya mudofaa vaziri Trols Lund Pulsen.

Muddatli harbiy xizmat 11 oygacha davom etadi, bu 5 oylik asosiy tayyorgarlik va yana 6 oylik tezkor xizmatga bo‘linadi. Hozirda Daniyada muddatli harbiy xizmat atigi 4 oydan iborat. Har yili 7500 nafarga yaqin kishini muddatli harbiy xizmatga chaqirish rejalashtirilgan.

“2023-yilda Daniyada 4700 kishi harbiy xizmatga chaqirildi, ularning har to‘rtinchisi ayol edi”, — ta’kidlaydi jurnalistlar.

Shuningdek, Daniyada muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan serjantlar va leytenantlar lavozimlari tiklanadi. Ular harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni tayyorlashga yordam berish uchun ikki yil xizmat qilishi kerak. Yangi chaqiruv modeli uchun 16 milliard Daniya kronasi (2 milliard yevrodan ortiq) ajratilgan. Umuman olganda, mamlakat mudofaa uchun rekord darajadagi 95 milliard krona (12 milliard yevro) sarmoya kiritmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga