2023-yilda dunyo aholisi 75 million nafarga o'sdi. Bu haqda AQSh aholini ro'yxatga olish byurosi ma'lum qildi.
Prognozlarda keltirilishicha, 2024-yil 1-yanvarda sayyora aholisi 8 milliard 19 million 876 ming kishiga yetadi.
Qayd etilishicha, o'tgan yili global o'sish sur'ati 1 foizdan sal kamroq bo'lgan. 2024-yil boshida esa dunyo bo'ylab har soniyada 4,3 kishi tug'iladi va ikkita o'lim qayd etiladi.
O'tgan yili AQShda aholining o'sish sur'ati 0,53 foizni tashkil etdi. Mamlakat aholisi 1,7 million kishiga oshib, 335,8 million nafarga yetdi.
“2024-yil boshida AQSHda har to‘qqizinchi soniyada chaqaloq tug‘iladi, har 9,5 soniyada bir kishi vafot etadi. Ammo immigratsiya hisobiga aholi soni qisqarmaydi. Xalqaro migratsiya sabab AQSH aholisi har 28,3 soniyada bir kishiga ko‘payadi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, dunyo aholisi 2022-yil 15-noyabr kuni 8 milliard nafarga yetgandi. Dunyo aholisining 6 milliarddan 7 milliardgacha o‘sishi uchun (1998-yildan 2010-yilgacha) o‘n ikki yil kerak bo‘ldi. 8 milliardlik aholi soniga yetish ham xuddi shuncha vaqt talab qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61515 | Инструменты