Huawei 1
O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kelgan turkiyaliklar soni 18 ming nafarga ortgan

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida jami 49,4 ming nafar Turkiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 18 ming nafarga yoki 57,4 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Turkiya fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:

xizmat yuzasidan – 19 462 nafar

sayyohlik – 16 260 nafar

qarindoshlarni yo‘qlash – 13 407 nafar

tijorat – 154 nafar

o‘qish – 123 nafar

davolanish – 20 nafar

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61600 | Инструменты