Erondagi cheklovlar sababli Dubay va Sharm ash-Shayxga aviareyslar jadvali o‘zgartirildi

Uzbekistan Airways Toshkentdan Dubay va Sharm ash-Shayx yo‘nalishlarida qatnovchi reyslar bo‘yicha muhim axborot bilan chiqdi.

Eron havo hududidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan cheklovlar sababli Uzbekistan Airways 2025 yil 15 iyundan 30 iyungacha Toshkent–Dubay va Toshkent–Sharm ash-Shayx yo‘nalishlaridagi reyslar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritadi:

  • Toshkentdan uchish — 07:35, Dubayga yetib kelish — 11:00
  • Dubaydan uchish — 12:30, Toshkentga yetib kelish — 17:30

HY341/342 reyslari (seshanba kunlari):

  • Toshkentdan uchish — 08:50, Sharm ash-Shayxga yetib kelish — 13:20
  • Sharm ash-Shayxdan uchish — 14:50, Toshkentga yetib kelish — 22:30

HY341/342 reyslari (chorshanba va yakshanba kunlari):

  • Toshkentdan uchish — 08:35, Sharm ash-Shayxga yetib kelish — 13:05
  • Sharm ash-Shayxdan uchish — 14:35, Toshkentga yetib kelish — 22:15

Bundan tashqari, Uzbekistan Airways 16 iyundan 30 iyungacha Toshkent – Tel Aviv – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni to‘xtatishga majbur bo‘lganini ma’lum qildi. Bu Tel-Avivdagi Ben-Gurion aeroporti yopilishi bilan bog‘liq.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22109 | Инструменты