Huawei 1
Dunyoda Covid-19dan har 15 daqiqada bir kishi vafot etmoqda

Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi. Unga ko'ra, AQSH, Braziliya, Hindiston va Meksika eng ko'p o'lim qayd etilgan mamlakatlar bo'lib turibdi.

Agentligining hisobiga ko'ra, dunyo bo'ylab har kuni o'rtacha 5900 kishi koronavirus qurboniga aylanmoqda. Bu COVID-19 har soatda 247 kishini yoki har 15 daqiqada bir kishini hayotdan olib ketayotganini anglatadi.

330 million kishining vatani hisoblangan AQSH dunyodagi eng boy mamlakatlardan biri bo'lishiga qaramay virusdan jiddiy zarar ko'rmoqda. AQSH hukumatining infeksion kasalliklar bo'yicha bosh eksperti Antoni Fauchining dushanba kuni aytgan so'zlariga ko'ra, mamlakatdagi virus keng tarqalgan shtatlar karantin cheklovlarini qayta joriy qilish haqida bosh qotirishlari lozim. Fauchi kuzgi grip mavsumiga qadar koronavirusga chalinish hollarini kamaytirish kerakligiga urg'u bergan.

Dunyoning ba'zi qismlarida koronavirus tarqalishi to'xtatilgandek ko'ringan bo'lsada, shu kunlarda ko'plab mamlakatlarda koronavirusga chalinish bo'yicha kunlik rekordlar yangilanmoqda. Bu esa ko'rinmas dushman bilan kurash hali beri tugamasligini ko'rsatmoqda.

Misol uchun, Avstraliya, Yaponiya, Gongkong, Boliviya, Sudan, Efiopiya, Bolgariya, Belgiya, O'zbekiston va Isroilda so'nggi kunlarda koronavirusni yuqtirib olganlarning soni rekord darajada ko'paygan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 43018 | Инструменты