Huawei 1
Dunyoning qaysi davlatlarida 2040-yilga kelib suv tanqisligi kuchayadi?

Suv ta’minoti va unga talabning o‘zgarishi muqarrar bo‘lsa-da, bu o‘zgarish butun dunyo bo‘ylab qanday taqsimlanishi to‘liq ma’lum emas. WRI (Dunyo resurslari instituti) tomonidan o‘tkazilgan birinchi tahlil bu masalaga yangi oydinliklar kiritadi.

Dunyo mamlakatlarida 2040-yilga kelib suvga tanqisligi oshishi turli ranglarda ajratib ko‘rsatilgan: to‘q qizil — tanqislik eng yuqori bo‘ladigan davlatlar (80 foizdan ko‘p), qizil — yuqori ( 40-80 foiz), sariq — o‘rtachadan yuqori (20-30 foiz), ko‘k — o‘rtachadan past (10-19 foiz), siyohrang — past (10 foizdan kam).

Iqlim modellari va ijtimoiy-iqtisodiy ssenariylar majmuasidan foydalangan holda, WRI 2030 va 2040-yillarga borib 167 ta mamlakatda yuzaga keladigan suv tanqisligini o‘lchagan va baholagan. Chili, Estoniya, Namibiya va Botsvanada 2040-yilga borib suv tangligi ayniqsa sezilarli darajada oshishi mumkinligi aniqlandi. Bu shuni anglatadiki, ushbu mamlakatlardagi korxonalar, fermer xo‘jaliklari va jamoalar kelajakda bugungi kunga qaraganda ko‘proq suvsizlikka duchor bo‘lishi mumkin.

2040-yilda eng ko‘p suv tanqisligiga uchrashi taxmin qilinayotgan 33 ta davlat orasida Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan O‘zbekiston ham bor. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga