Tramp va Putin Qatar, Saudiya Arabistoni yoki BAAda uchrashishi mumkin
Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin oʻrtasidagi muzokaralar uchun platformalar Qatar, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari boʻlishi mumkin – ular allaqachon Moskva va Kiyev oʻrtasida vositachi sifatida ishtirok etishmoqda. Bu haqda “Izvestiya” gazetasi ekspertlarga tayanib xabar berdi.
Shveysariya Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Nikolas Bidoning gazetaga aytishicha, Shveysariya AQSh va Rossiya Federatsiyasi yetakchilari bu so‘rov bilan murojaat qilsalar, muzokaralarni o‘tkazishga tayyor. Biroq Rossiya tomoni bunga rozi bo‘lmasa kerak, chunki Bern neytral maqomini yo‘qotdi, deb hisoblaydi “Izvestiya”.
Gazetaga intervyu bergan ekspertlarga ko‘ra, Qatar, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklarining o‘zlari Putin va Tramp o‘rtasidagi uchrashuvni tashkil qilishdan manfaatdor, bu ularning jahon sahnasida obro‘sini oshirishi mumkin.
Yana bir platforma Turkiya bo'lishi mumkin. Sharqshunos Ilya Vedeneev fikricha, Turkiya rahbariyatining Rossiya Federatsiyasi bilan ham, G‘arb bilan ham amaliy aloqalari borligi uning foydasiga dalolat beradi. Anqara, shuningdek, oʻzini xalqaro munosabatlarning faol ishtirokchisi va boshqa mamlakatlar mojarolarida vositachi roliga daʼvogar sifatida faol targʻib qilmoqda.
19-dekabr kuni Putin toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot chogʻida Tramp bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi. Amerikalik siyosatchi bir necha kundan keyin Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun Rossiya rahbari bilan uchrashuvni kutishini ma'lum qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122706 | Инструменты