Huawei 1
Erdo‘g‘an Tramp bilan shaxsan uchrashishni kutyapti

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan shaxsiy uchrashuvlar o‘tkazishni kutayotganini, chunki aloqalarni rivojlantirish uchun telefon suhbatlari yetarli emasligini aytdi. Bu haqda u Saudiya Arabistoni va Ozarbayjonga tashrifi yakunida Prezident pulidagi jurnalistlar bilan suhbatda aytdi.

“Turkiya va AQSH o‘rtasidagi munosabatlarning yangi davrda rivojlanishiga telefon diplomatiyasi orqali erishib bo‘lmaydi. Umid qilamanki, biz janob Tramp bilan xalqaro forumlarda uchrashamiz yoki qanday qilib oldinga borishimizni yaxshiroq aniqlash uchun ikki tomonlama muzokaralar olib boramiz. Ammo hozir biz Tramp kabineti qanday shakllantirilishini ko‘rishimiz kerak. Uning hukumati a’zolari, mening vazirlarim uchrashuvlar o‘tkazib, bir-birlari bilan yaqindan tanishadi. Turkiya va AQSH o‘rtasida boshqa jarayonlar boshlanishini istaymiz. Va, albatta, biz uchun imkoniyatlar doimo mavjud. Biz ulardan foydalanib, har ikki davlat uchun foydali qadamlar tashlamoqchimiz”, dedi Erdo‘g‘an.

Turkiya yetakchisi “Tramp ma’muriyati iqtisodiyotni o‘zining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rishini” ta’kidladi.

“Turkiya strategik geografik joylashuvi va yosh aholisi tufayli investitsiya imkoniyatlarini taqdim etuvchi davlatdir. Biz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdoni ko‘paytirish va sarmoyani rag‘batlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishimiz mumkin. Yangi hamkorlik, ayniqsa, energetika, infratuzilma va texnologiya sohalarida ham mumkin”, dedi Turkiya rahbari.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111416 | Инструменты