Huawei 1
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi

13-noyabr kuni Vashingtonda AQSh-O‘zbekiston strategik sheriklik muloqotining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Donald Lu va O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov, shuningdek ikki mamlakat elchilari qatnashgan.

Delegatsiyalar O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar, inson huquqlari, odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni muhokama qilgan. Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi.

Shuningdek, tomonlar muhim foydali qazilmalarni qazib olish va O‘zbekistonning tabiiy gaz infratuzilmasini modernizatsiya qilish, savdo va investitsiyalarni diversifikatsiya qilishni davom ettirish, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligidagi islohotlarni ilgari surish kabi masalalarni muhokama qilgan. C5+1 diplomatik formati orqali konstruktiv hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

"Delegatsiyalar mudofaa vazirliklari, huquq-tartibot idoralari, chegara va bojxona organlari o‘rtasidagi aloqalarni chuqurlashtirish orqali xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash muhimligini ta’kidladi. Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonning sentabr oyida Bojxona sohasida o‘zaro yordam to‘g‘risidagi bitimni imzolagani uchun olqishladi, bu esa bojxona masalalari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yo‘lidagi katta qadamdir. Qo‘shma Shtatlar xavfsizlikka potensial tahdidlar va zaifliklarga jiddiy munosabatda bo‘lib, O‘zbekistonning tahdidlarni yumshatish uchun mintaqaviy va kiberxavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kengaytirishdagi yordami uchun minnatdorchilik bildirdi", — deyiladi AQSh davlat departamentining bayonotida.

Shuningdek, tomonlar hukumatning islohot dasturiga muvofiq asosiy erkinliklar – o‘zini ifoda etish, fikr va e’tiqod qilish huquqini ilgari surish bo‘yicha sa’y-harakatlarini davom ettirishga kelishib oldi. Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonga inson huquqlarini himoya qilishda yordam berishga tayyorligini bildirgan.

Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonning mintaqadagi arxeologiya va madaniyatni saqlash sohasidagi yetakchiligi uchun minnatdorlik bildirdi. Shu munosabat bilan Davlat departamenti Samarqand shahridagi Registon maydonidagi arxitektura konservatsiyasi ishlari uchun «AQSh elchilarining madaniy merosni asrash jamg‘armasi» orqali 500 ming dollar miqdorida mablag‘ ajratilishini e’lon qildi.

AQSh-O‘zbekiston kengaytirilgan strategik sheriklik bo‘yicha ilk muloqoti 2025 yil Toshkentda bo‘lib o‘tishi bo‘yicha kelishildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121300 | Инструменты