Huawei 1
Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida Saudiya Arabistonining “Vision Invest” kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri v.b Sherzod Hidoyatov Saudiya Arabistonining “Vision Invest” kompaniyasi Prezidenti Omar Al Midani bilan uchrashdi.

Jarayonda sohaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida salohiyatli investitsiya loyihalari muhokama qilindi.

- Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi aloqalar chuqur tarixiy ildizlarga ega boʻlib, bugungi kunda ham davlatlarimiz rahbarlarining oqilona olib borayotgan siyosati natijasida Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻzaro siyosiy, madaniy, iqtisodiy va investitsion hamkorlikni yanada mustahkamlashda davom etmoqda. Ishonchim komilki, bizning hamkorligimiz ham davlatlarimiz oʻrtasidagi strategik aloqalarni mustahkamlashga hissa qoʻshib, infratuzilma va energetika sohalarida barqaror rivojlanishga koʻmaklashadi, - dedi Sh.Hidoyatov. 

Ma’lumot uchun, “Vision Invest” kompaniyasi 2002-yilda “Al Muhaidib Group” va “Abdullah Abunayyan Group” o‘rtasida tashkil etilgan. Bugungi kunda xorijiy kompaniya tomonidan respublikada energetika, “yashil” vodorod ishlab chiqarish (“ACWA Power”), markazlashgan issiqlik tizimlarini barpo etish (“Saudi Tabreed”), chiqindi suvlarni tozalab qayta foydalanish (“Miahona”), ma’lumotlar markazini tashkil etish (“DataVolt”) kabi loyihalarni amalga oshirmoqda. 

Uchrashuv davomida vazirlik mas'ullari va kompaniya delegatsiyasi o'rtasida ishchi guruh shakllantirildi hamda doimiy hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111423 | Инструменты