Huawei 1
Erdo'g'an barcha davlatlarni Falastinni tan olishga chaqirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on BMT Bosh assambleyasida Yaqin Sharqdagi vaziyat haqida keskin gapirdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Erdo‘g‘on Isroil bosh vazirini tanqid qilib, uni Adolf Gitlerga qiyosladi. 

“Xalqaro hamjamiyat falastinlik tinch aholini Isroil harakatlaridan himoya qilish mexanizmini ishlab chiqishi kerak. Gitler 70 yil avval insoniyat ittifoqi tomonidan to‘xtatilganidek, Netanyaxu va uning qotil tarmog‘i ham ‘insoniyat ittifoqi’ bilan to‘xtatilishi kerak”, dedi u.

Siyosatchi BMTga a’zo va buni hali amalga oshirmagan barcha davlatlarni Falastin davlatini zudlik bilan tan olishga chaqirdi.

“Umid qilamanki, bu tarixiy qadam Falastinning BMTga to‘laqonli a’zo bo‘lishi yo‘lidagi so‘nggi burilish nuqtasi bo‘ladi. BMTda Falastinni tan olmagan davlatlar hali ham bor. Men ularni ushbu muhim davrda tarixning to‘g‘ri tomonini egallash orqali Falastin davlatini tezroq tan olishga chaqiraman”, dedi Turkiya rahbari.

Erdog‘on BMTning millionlab odamlar halok bo‘lgan Ikkinchi jahon urushidan so‘ng xalqaro tinchlik va xavfsizlikni himoya qilish maqsadida tashkil etilganini eslatib o‘tdi.

“Afsuski, so‘nggi yillarda BMTning o‘z asosiy vazifasini bajarishda ojizlik ko‘rsatayotganini, tobora samara bermaydigan, qoloq va harakatsiz tuzilmaga aylanib borayotganini kuzatmoqdamiz”, dedi u.

Nutq davomida siyosatchi yahudiylar va musulmonlarga qarshi kamsitishning har qanday ko‘rinishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi. U 2024-yil 15-martdagi qaror loyihasiga muvofiq BMTda islomofobiyaga qarshi kurash bo‘yicha maxsus vakil tayinlanishini tezlashtirishga chaqirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92515 | Инструменты