HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya og‘irligi taxminan 7 kg bo‘lgan jangovar kallakli qisqa masofaga uchuvchi o‘q bilan o‘ldirilgan. Bu haqda Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining tergov yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan bayonotida aytiladi.
“Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu terroristik operatsiya mehmon uyi tashqarisida kuchli portlash bilan birga og‘irligi taxminan 7 kg bo‘lgan jangovar kallakli qisqa masofali raketani otish orqali amalga oshirilgan”, deyiladi xabarda.
Hujjatda, shuningdek, Haniyaning o‘ldirilishi Isroil tomonidan AQSH hukumati ko‘magida uyushtirilgani qayd etilgan.
"Ushbu harakat sionistik rejim tomonidan ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan, shuningdek, Amerikaning jinoiy hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Avanturist va terrorchi sionistik rejim bu jinoyati uchun javob beradi va o‘z vaqtida, tegishli joyda va munosib tarzda qattiq jazolanadi”, deyiladi hujjatda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11512 | Инструменты