Huawei 1
Eron Isroil havo hududi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatganini e’lon qildi

Eron Isroilning havo hududi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatganini e’lon qildi. Bu haqda Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) matbuot xizmatiga tayanib Mehr agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Eron havo kuchlari Isroilga qilgan tungi hujum paytida yahudiy davlati osmoni ustidan nazoratni qo‘lga kiritgan.

Raketa hujumimiz bosib olingan hududlar (Isroil) osmoni ustidan to‘liq nazoratga ega bo‘lganimizni va u yerdagi aholi Eron raketa hujumlariga qarshi mutlaqo himoyasiz ekanini ko‘rsatdi, deyiladi IIQK bayonotida.

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi yangi birinchi avlod qurollaridan foydalangan holda muvaffaqiyatli hujum amalga oshirilganini ma’lum qildi.

Bugun tunda raketaga qarshi mudofaa qalqonini yorib o‘tgan kuchli raketalar sionist qo‘rqoqlarning boshpanasini bir necha bor larzaga keltirdi hamda behuda xayollar va sarob ichida qolgan Tel Avivga Eronning qudrati haqida xabar yetkazdi, deyiladi bayonotda.
AQSh prezidenti Donald Tramp 17-iyun kuni bergan bayonotida mamlakat Eronning havo hududi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatganini da’vo qilgandi. U Erondan taslim bo‘lishni kutayotganini aytgan.
Hozirda Eron osmoni ustidan to‘liq va mutlaq nazoratga egamiz. Eronda yaxshi kuzatuv uskunalari va boshqa mudofaa texnikasi ko‘p miqdorda mavjud edi, ammo bular Amerika ishlanmalari va qurollari oldida hech narsaga arzimaydi. Hech kim buni qadimgi sodiq Amerikadan yaxshiroq qila olmaydi, deya yozgan edi Amerika rahbari.

Isroil mudofaa armiyasi 13-iyun kuni Eronga qarshi operatsiya boshladi va uning maqsadi Tehronning yadroviy dasturini yo‘q qilish deb atadi. Eron Isroil hujumiga javoban uning shaharlariga raketa va dronlar bilan zarba bera boshladi. Kamida 24 kishi halok bo‘ldi, yuzlab odamlar yaralandi. Eronda esa qurbonlar soni 270 dan oshadi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61817 | Инструменты