Huawei 1
Eron prezidenti mamlakat yadroviy qurolga intilmayotganini aytdi

Eron yadroviy qurolga intilmayapti, lekin tinch yadroviy energiya olish huquqiga ega, dedi Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon mamlakat parlamentiga qilgan murojaatida.

«Oliy rahnamo bir necha bor ta’kidlaganidek, davlatning aniq pozitsiyasi yadroviy qurolga ega bo‘lish va ishlab chiqish istagidan voz kechishdir. Kimki bu aniq pozitsiyaga zid pozitsiyani egallasa, unga Eron siyosatini shakllantirishda o‘rin yo‘q... Biz atom energiyasidan foydalanish va jamiyatimizga foyda keltiradigan tadqiqotlar olib borish huquqiga egamiz va bizni bu huquqdan mahrum etishga hech kimning haqqi yo‘q», dedi Pizishkiyon parlament yig‘ilishida.

Shu bilan birga, Eron TIV Tehron Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma (NPT) bo‘yicha o‘z majburiyatlariga sodiq qolishda davom etishi va yadroviy qurolga Yaqin Sharqda o‘rin yo‘q, deb hisoblashini ma’lum qildi.

13 iyun kuni Isroil Eron yadro va mudofaa sanoati obektlariga qarshi zarba berish operatsiyasini boshladi. Bunga javoban Eron Isroil hududiga yuzlab raketa va dronlar bilan zarba berdi. O‘zaro hujumlar ketma-ket to‘rtinchi kun davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61715 | Инструменты