Eron Suriyaning hozirgi hukumatiga qarshi emas va kerak bo‘lsa inklyuziv hukumat tuzishda yordam berishga tayyor. Bu haqda 19 aprel kuni Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi RT telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Aroqchiga ko‘ra, Eron hozirgi Suriya vakillari bilan hozircha hech qanday aloqa o‘rnatmagan.
“Biz Suriyaning yangi hukumatiga qarshi emasmiz va unga qarshi hech qanday chora ko‘rmaymiz”, degan Tashqi ishlar vaziri.
Aroqchining qo‘shimcha qilishicha, agar Suriya Erondan yordam so‘rasa, mamlakat tinchlik o‘rnatish va qonuniy hamda inklyuziv hukumatni shakllantirish yo‘lida har doim yordam berishga tayyor.
Eron vazirining so‘zlariga ko‘ra, u Rossiya vakillari bilan uchrashuv chog‘ida Suriya masalasini ham muhokama qilgan.
“Eron ham, Rossiya ham Suriyadagi vaziyatdan juda xavotirda, ikkala tomon ham mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashdan manfaatdor”, degan vazir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21617 | Инструменты