Eron AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampni davlat rahbari sifatida birinchi muddatda olib borgan Tehronga nisbatan dushmanona siyosatidan voz kechishga chaqirmoqda. Bu haqda haftalik brifingda Islom Respublikasi hukumati vakili Fatem Mohajerani ma’lum qildi.
“Donald Trampning Eronga maksimal bosim oʻtkazish siyosati toʻliq barbod boʻldi. Biz Tramp hukumatini noto'g'ri siyosatini qayta ko'rib chiqishga taklif qilamiz.
Hukumat [AQShning mumkin boʻlgan yangi cheklovlariga] turli iqtisodiy javob strategiyalarini ishlab chiqmoqda va Islom inqilobining yuksak gʻoyalariga muvofiq milliy manfaatlarni toʻliq taʼminlashga intilmoqda”, dedi u.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111411 | Инструменты