Huawei 1
Erondagi 25 shaharda itlarni ko‘chada sayr qildirish taqiqlandi

Eron hukumati itlarni ko‘chada sayr qildirib yurish taqiqlangan shaharlar ro‘yxatini kengaytirishni davom etmoqda. Iran International’ning yozishicha, bunday taqiq allaqachon mamlakatning kamida 25 ta shahrida joriy etilgan.

Qayd etilishicha, itlarni sayr qildirish va hatto ularni shaxsiy transportda tashish borasidagi taqiq Tehronda 2019 yilda joriy etilgan. Bunga bo‘ysunmaganlar, jarimaga tortiladi, ayrim shaharlarda esa it tashilgan avtomobil musodara qilinadi.

Eronda itlarni sayr qildirishni taqiqlaydigan umumiy milliy qonun yo‘q. Sud organlari fuqarolarni taqiqni bajarishga majburlash uchun mahalliy hukumat buyruqlari va politsiya orderlaridan foydalanmoqda. Hukumat o‘z farmonlarida Jinoyat kodeksi va mamlakat Konstitutsiyasining turli moddalariga, jumladan, jamoatchilik axloqi, aholi salomatligiga tahdid va boshqalarga zarar yetkazishga oid moddalarga havola beryapti.

Shahar rasmiylarining hisoblashicha, itlarni sayr qildirib yurish aholi salomatligiga va umuman fuqarolar xavfsizligiga tahdid uyg‘otadi. Bundan tashqari, munitsipalitet hukumati vakillarining ta’kidlashicha, uy hayvoni sifatida itlarni boqish — «g‘arbga xos hayot tarziga intilishni ifodalaydi» va shia an’analarini buzish hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61101 | Инструменты