Ekipaj va yo‘lovchilar faqat ayollardan iborat bo‘lgan Iran Banu reysi Mashhad shahridagi Shahid Hoshiminejod xalqaro aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Bu haqda Eronning IRNA davlat agentligi xabar berdi.
Parvoz 22-dekabr kuni amalga oshirilgan. Nomi "Eron xonimi" deb tarjima qilingan samolyotni Eronning birinchi ayol uchuvchisi Shahrzod Shams boshqargan. Samolyotda 110 nafar eronlik ayol bo‘lgan.
15-dekabr kuni Eron hukumati hijob kiymagan ayollarga nisbatan jazo choralarini kuchaytiruvchi qonun loyihasini yakunlashi xabar qilingan edi. O‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, qonun chiqaruvchi organ avvalroq respublika prezidenti Masud Pezeshkiyon tomonidan rad etilgan hujjatni yana ko‘rib chiqadi. U yangi qoidalar jamiyatda nizolarni keltirib chiqarishiga ishongan. Qonun loyihasining amaldagi tahririda ro‘mol o‘ramagan eronlik ayollar jarimaga tortilishi yoki hatto qamoqqa olinishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122707 | Инструменты