Huawei 1
«Eronning hujumi zarurat tug‘ilgunicha davom etadi» — general Ahmad Vahidi

Eronning Islom inqilobi muhofizlari korpusi rahbarining harbiy maslahatchisi generali Ahmadi Vahidi Isroilga qarshi boshlangan «Haqiqiy vaʼda – 3» (Operation True Promise III) nomli javob hujumi zarurat tug‘ilguniga qadar davom etishini maʼlum qildi.

13 iyun kuni kechqurun Eron davlat telekanaliga bergan intervyusida brigada generali Ahmadi Vahidi ushbu operatsiya doirasida Eron tomonidan bosib olingan hududlarda joylashgan bir qator Isroil nishonlariga zarba berilganini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Nevatim va Ovda harbiy aviabazalari – Isroilning qo‘mondonlik va boshqaruv markazi hamda elektron urush markazi joylashgan maskanlar nishonga olingan. Vahidi bu ikki baza Eronga nisbatan tajovuz manbai sifatida ishlatilganini taʼkidladi.

Shuningdek, IIMK tomonidan zarba berilgan boshqa nishonlar qatorida Tel-Aviv yaqinidagi Tel Nof aviabazasi, Isroilning mudofaa vazirligi, shuningdek, Tel-Avivdagi sanoat va harbiy markazlar bo‘lgani qayd etilgan.

Vahidining so‘zlariga ko‘ra, operatsiyani rejalashtiruvchilar jami 150 dan ortiq nishonni belgilab, ularga bir necha bosqichda zarba bergan.

«Isroil rejimi Eronni nishonga olish orqali og‘ir xatoga yo‘l qo‘ydi va sionistlar bu harakatlar oqibatiga tayyor bo‘lishlari kerak», deya general Vahidining so‘zlarini keltirmoqda Mehr axborot agentligi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61505 | Инструменты