Huawei 1
Eronning Isroilga yangi raketa zarbalari natijasida uch kishi halok bo‘ldi, 67 kishi jarohatlandi

The Times of Israel gazetasining xabar berishicha, 16 iyun tongida Eronning Isroilga qilgan raketa hujumi natijasida uch kishi halok bo‘ldi, yana 67 kishi jarohat oldi.

Nashrga ko‘ra, Eron tomonidan uchirilgan to‘rtta ballistik raketa Isroilning markaziy hududlariga zarba bergan. “Magen David Adom” (Qizil Dovud Yulduzi) tez yordam xizmati jabrlanganlarni kasalxonalarga evakuatsiya qildi. Jarohat olganlardan biri og‘ir ahvolda, yana olti nafari o‘rtacha darajada tan jarohati olgan.

Isroil va Eron o‘rtasidagi o‘zaro hujumlar 13 iyun tongida boshlangan. O‘shanda Isroil “Xalq sher kabi” nomli harbiy operatsiyani boshladi. Dastlabki hujumlar Eronning yadroviy obyektlariga qaratilgan edi. Tehron bunga javoban yuzlab raketalarni uchirdi, shundan so‘ng Isroil harbiy aviatsiyasi Eron hududidagi nishonlarga yana zarbalar berdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61618 | Инструменты