Huawei 1
“G‘azo sektorini yer bilan yakson qilish buyurilgan” - Isroil askarlari

Isroilning G‘azo sektoridagi operatsiyasida qatnashgan askarlar ularga qanday buyruqlar berilganini ma’lum qildi. Harbiylar “Sukunatni buzish” (Breaking the Silence) inson huquqlari tashkilotiga bu borada ma’lumot berdi. Bu haqda TRT xabar berdi.

Askarlar sektor hududlarini “steril zona”ga aylantirish bo‘yicha aniq buyruq olgan. Unga ko‘ra, kengligi 1,5 kilometrgacha bo‘lgan hududda bino, ekin yoki issiqxona qolmasligi kerak bo‘lgan. Gap “Netsarim yo‘lagi” va G‘azoning sharqiy chegarasi bo‘ylab joylashgan hududlar haqida ketmoqda.

Asosiy vazifa — vayron qilish. Hammasini tekislash kerak, degan serjantlardan biri.

Breaking the Silence ma’lumotlariga ko‘ra, armiya 3500 ga yaqin bino va 35 foizgacha qishloq xo‘jaligi yerlarini vayron qilgan, bu esa G‘azoning oziq-ovqat xavfsizligini jiddiy tahdid ostiga qo‘ygan.

Harbiylar butun kvartallarni og‘ir texnikalar va buldozerlar bilan butkul vayron qilish, qurbonlar jasadlarini olib chiqish, yerlarni minalashtirish haqida so‘zlab bergan. Uylar, fermer xo‘jaliklari va issiqxonalar vayron qilingan. Operatsiya hududiga yaqinlashgan har qanday kishi ehtimoliy xavf deb baholangan.

BMT va Amnesty International ilgari bu kabi harakatlarni harbiy jinoyat deb e’lon qilgandi. Breaking the Silence tashkiloti bu harakatlar faqat himoya emas, balki majburan ko‘chirish, vayron qilish va musodara qilish ekanini ta’kidlab, buni normal holat sifatida qaramaslikka chaqirmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41902 | Инструменты