Agar Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga harbiy yordamni to‘xtatsa, zarur «siyosiy iroda»ga ega bo‘lgan Yevropa Ittifoqi davlatlari bu ta’minotni almashtirish yo‘lini topa oladi. Bu fikrni Bundesver general-mayori Kristian Froyding 6 iyun, juma kuni chop etilgan Reuters agentligiga bergan intervyusida bildirdi.
Froyding Germaniya Mudofaa vazirligida Rossiyaning qo‘shni davlatga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan ko‘p o‘tmay tashkil etilgan Ukraina bo‘yicha vaziyat markazini boshqaradi. Bu bo‘linma Germaniyaning Ukrainaga harbiy yordamini muvofiqlashtiradi, u hajmi bo‘yicha AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
Kristian Froyding Berlin va Ukrainaning boshqa ittifoqchilari Amerikaning Kiyevga bergan harbiy yordamini qoplashga qodir ekaniga «qat’iy amin». «Ukrainaga qarshi urush bizning qit’amizda, Yevropa xavfsizligiga qarshi ham olib borilmoqda», — dedi nemis generali. «Agar siyosiy iroda bo‘lsa, Amerika ko‘magining o‘rnini bosadigan vositalar topiladi».
Alpha version: 0.9.1.19 build 60723 | Инструменты