Huawei 2
Gruziya Bosh vaziri AQSHga borishdan voz kechdi

Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze AQSH tomonidan "xorijiy agentlar" to‘g‘risidagi qonun tanqid qilingani uchun okean ortiga tashrifini bekor qildi. Bu haqda mamlakat TIVning rasmiy saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, AQSH elchixonasi tomonidan Gruziya hukumatining yuqori martabali vakillari AQSHga taklif qilingani haqida bayonot e’lon qilingan. Lekin Gruziya ushbu taklifni rad etgan. 

Bunga AQSHning xalq talabiga zid tarzda Gruziya parlamentida “Xorijiy ta’sirning ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunning ma’qullanganini tanqid qilishi sabab bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga