Huawei 1
Gruziya prokuraturasi mamlakat prezidentini so‘roqqa chaqirdi

Gruziya prokuraturasi mamlakat prezidenti Salome Zurabishvilini 26-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari natijalari soxtalashtirilgani haqidagi bayonotlari tufayli so‘roqqa chaqirdi.

Bu haqida Gruziya OAV mamlakat nazorat agentligiga asoslanib xabar bermoqda.

“Markaziy saylov komissiyasining bayonoti va ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan maʼlumotlarga ko‘ra, Gruziya prezidenti Salome Zurabishvilining qo‘lida 2024-yilgi parlament saylovlari natijalari soxtalashtirilgani haqida dalillar bo‘lishi kerak. Shu sababli qonunga ko‘ra, prezident tergov organiga so‘roqqa chaqirildi”, deyiladi xabarda.

26-oktyabr kuni Gruziyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Markaziy saylov komissiyasiga ko‘ra, hukmron “Gruziya orzusi – Demokratik Gruziya” partiyasi 53,93 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongan. Muxolifat va prezident Salome Zurabishvili saylov natijalarini tan olishdan bosh tortdi va bir qator namoyishlar uyushtirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110107 | Инструменты