Halokatga uchragan samolyot bortida 99 nafar yo’lovchi va 8 nafar ekipaj a’zosi bor edi
Pokiston havo yo'llarining Airbus A320 samolyoti mamlakat janubidagi Karachi shahrida halokatga uchradi. Qurbonlar soni bo'yicha hozircha ma’lumot yo’q. Havo kemasi bortida 99 nafar yo’lovchi va 8 nafar ekipaj a`zosi bo’lgani aytilmoqda.
Mamlakat fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi matbuot kotibi Abdul Sattar Koxarning so’zlariga ko’ra Airbus A320 samolyoti xalqaro aeroport yaqinidagi turar-joy hududida qulab tushishidan oldin ikki yoki uch marta yerga qo’nishga harakat qilgan.
Voqea joyiga tibbiy yordam mashinalari yetib borgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11421 | Инструменты