Huawei 1
Ilhom Aliyev: Armanistonning tinchlik kelishuvi borasidagi pozitsiyasida taraqqiyot bor, lekin bu yetarli emas

Aliyev Myunxenda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uch tomonlama uchrashuvdan keyin jurnalistlarga bayonot berdi.

Uchrashuvning foydali va konstruktiv o’tganini qayd etgan Aliyev, Armaniston va Ozarbayjon o’rtasidagi tinchlik kelishuvi jarayoni bilan bir qatorda ko’plab mavzularni muhokama qilganliklarini bildirdi.

Ilhom Aliyev xalqaro huquq me’yor va tamoyillari asosida tinchlik bitimi tayyorlanishi kerakligini aytib, yig’ilishda quyidagilarni ta’kidladi: 

“Biz uchun Qorabog’ masalasida biron bir moddaning mavjudligi qabul qilinishi mumkin emas. 3 kun oldin biz Armanistondan yangi javob takliflarini oldik. Endi biz ularni o'rganmoqdamiz. Bir qarashda Armaniston pozitsiyasida taraqqiyot bor, ammo bu yetarli emas”.

Aliyev Armaniston va Ozarbayjon chegarasida ikki tomonlama nazorat-o‘tkazish punktlarini o‘rnatishni rasman taklif qilganliklarini, biroq Pashinyan bu savolga javob bermaganini, Yerevanga bu masalada o‘ylash uchun vaqt kerak bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Bu taklif Yevropa va Amerika rasmiylari tomonidan mantiqiy ko’rilganini ifoda etgan Aliyev, “Bu, albatta, ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarning normallashuvida muhim omil. Chunki demarkatsiya haqida gapiradigan bo‘lsak, nazorat-o‘tkazish punktlarisiz buning iloji yo‘q. Agar yo‘llar ochish haqida gap ketayotgan bo‘lsa, albatta, Zangezur yo‘lagining ikki chetida va Lochin va Armaniston chegarasida nazorat-o‘tkazish punktlari o‘rnatilishi kerak. Bugun men buni rasmiylashtirdim. Bu uch tomonlama uchrashuvdagi taklif. Armanistondan javob kutamiz”.

Shuningdek, Ilhom Aliyev Eron-Ozarbayjon munosabatlari va Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga qilingan hujumga ham toʻxtalib oʻtdi: 

“Eron shaffof tekshiruv olib borishi, natijani bizga maʼlum qilishi va terrorchini jazolashi kerak. Lekin eng muhimi, bu terrorchini gijgijlaganlar va bu shafqatsiz hodisaga mas'ul Eron tashkilotlari vakillari javobgarlikka tortilishi kerak. Shunda munosabatlarni normallashtirish haqida gapirish mumkin bo'ladi”.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin 2023-yilda Ozarboyjondan gaz eksporti 24,5 mlrd metr kubni tashkil etgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60317 | Инструменты