Huawei 1
Taʼlim va tibbiyotga davlat byudjetidan qancha mablag‘lar ajratilgan?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2024 yil hamda 2025 yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot ko‘rib chiqildi. 

Mazkur masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov maʼruza qildi.

Hisobotda keltirilganidek, 2024 yilda Davlat byudjeti xarajatlarining 50 foizi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan. Xususan, taʼlim, fan, sog‘liqni saqlash sohalariga ijtimoiy xarajatlarning 72 foizi yo‘naltirildi. Taʼlimga ajratilgan mablag‘lar miqdori o‘tgan uch yilda qariyb 12 trillion so‘mga oshirildi va 45 trillion so‘mga yetdi.  

— Xususiy maktablarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlar natijasida nodavlat umumtaʼlim maktablari soni 115 taga yetdi. 2024 yil 1 sentyabrdan boshlab pedagoglarning oylik maoshlari 15 foizga oshirildi. Pedagoglarni moddiy rag‘batlantirish maqsadida har oylik ustamalar uchun qariyb 2 trillion so‘m ajratildi. Maktablarda xorijiy tillarni o‘qitish va ommalashtirish maqsadida maktablarga 500 nafar xorijiy o‘qituvchilar jalb etilib, ularga 111 milliard so‘m to‘lab berildi.  

Aholiga sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishini taʼminlash maqsadida sohaga ajratilgan mablag‘lar miqdori 2023 yilga nisbatan 5 trillion so‘mga oshirilib, 36 trillion so‘mga yetdi. Bolalar vaksinatsiyasi uchun 240 milliard so‘m, dori-darmon, tibbiyot vositalari uchun 3 trillion so‘m ajratildi, — dedi Bosh vazir o‘rinbosari.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60511 | Инструменты