Ilon Mask Amazon asoschisini monopoliyada aybladi
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Amazon kompaniyasini onlayn savdolar bozorida monopoliya o’rnatganini va uni ajratish kerakligini aytdi. Ushbu izohni u o’zining Twitter tarmog’ida yozib qoldirdi.
"Amazonni ajratib qo’yish vaqti keldi. Monopoliyalar noto'g'ri. Jeff Bezos, bu axmoqlik", deb yozdi Mask.
Amazon Internet orqali mahsulot va xizmatlarni sotadigan dunyodagi eng yirik korporatsiya xisoblanadi. 1994 yilda Bezos tomonidan tashkil etilgan kompaniyaning bugungi kundagi bozor baxosi taxminan $1,23 trillion dollarga baholanmoqda.
Bezos, Bloomberg agentligining hisob-kitoblariga ko'ra, dunyodagi eng boy odam. Uning umumiy boyligi $149 milliard dollardan oshadi. 2026 yilda u dunyodagi ilk trillionerga aylanish mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82201 | Инструменты