Huawei 1
Indoneziya mamlakatda Rossiya harbiy bazasi bo‘lishini rad etdi

Mamlakat Mudofaa vazirligi vakili Frega Venas Reuters agentligiga ma’lum qilishicha, «bunday ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi».

Avstraliya mudofaa vaziri Richard Marles bu masalani indoneziyalik hamkasbi Shafri Shamsuddin bilan muhokama qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Shamsuddin Rossiya havo kuchlariga Indoneziya hududida joylashishga ruxsat berilmasligini aniq aytgan.

Gap Papua provinsiyasidagi Manuxua havo bazasi haqida ketmoqda. U Avstraliyaning Darvin shahridan 1200 km uzoqlikda joylashgan. Hozirda bu hududda AQSh dengiz piyoda qismi rotatsiyasi amalga oshiriladi, Avstraliyada esa Amerika strategik bombardimonchi samolyotlari uchun harbiy bazalar modernizatsiya qilinmoqda.

Avvalroq Janes nashri Rossiya Indoneziya bilan Manuhua bazasidan foydalanish bo‘yicha kelishuv ko‘zlayotgani haqida yozgandi. Undagi ma’lumotlar Avstraliyani xavotirga solgan, chunki ushbu bazadan uchirilgan samolyotlar Avstraliya hududiga yetib borishi mumkin. Shu sababli Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze Indoneziyadan rasmiy izoh talab qilgan edi.

Indoneziya tomoni esa bu xabarlarni mutlaqo yolg‘on deb atadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41906 | Инструменты