Huawei 1
Isroil Al-Aqso masjidi yonida sinagoga qurishni rejalashtirmoqda

Yaqin orada Isroilda Al-Aqso masjidi yaqinida katta sinagoga qurish boʻyicha tender eʼlon qilinadi, deb xabar qildi “Masjid Al-Aqso va Quddus ishlari bo‘yicha matbuot markazi” xususiy tashkiloti ma’lum qildi.

Bayonotda, Isroilning Al-Aqso masjidi yaqinida “Isroilning gavhari” nomli katta sinagoga qurish niyatini ko‘rsatadigan xaritaga ega ekanligi qayd etilgan.

Mazkur loyihaga tayyorgarlik ishlari, jumladan, budjet mablag‘larini ajratish va tegishli tashkilotlar bilan kelishish ishlari olib borildi. Qurilishni boshlash uchun faqat tender e'lon qilish qolmoqda.

Hukumat eski Quddus markazida Isroilning muqaddas joylarini qurish uchun 50 million shekel (taxminan 13 million dollar) ajratdi. Rejalashtirilgan sinagoga gumbazining balandligi 23 metr, umumiy maydoni esa 1400 kvadrat metrni tashkil qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60809 | Инструменты