Huawei 1
Isroil Bosh shtabi 2023-yil oktabridan beri "Hizbulloh"ning 600 nafar aʼzosi yoʻq qilinganini aytdi

Isroil Mudofaa kuchlari Bosh shtab boshlig‘i Gerzi Halevining aytishicha, o‘tgan yilning oktabr oyida HAMAS bilan urush boshlanganidan buyon Falastin harakatini qo‘llab-quvvatlagan Livan "Hizbulloh"ining 600 dan ortiq jangchisi yo'q qilingan. Uning ta'kidlashicha, hujumlar intensivligi vaqt o'tishi bilan "Hizbulloh to'layotgan narx kabi" ortib boravermoqda. 

“Urush boshlanganidan beri Isroil armiyasi har kuni "Hizbulloh"ga muntazam ravishda hujum qilib kelmoqda. Bir necha oy ichida biz "Hizbulloh"ning o‘nlab yillar davomida qurgan imkoniyatlarini bosqichma-bosqich yo‘q qilamiz. Biz "Hizbulloh"ni chegaradan uzoqlashtirmoqdamiz... Biz 600 dan ortiq terrorchini yo‘q qildik, ularning o‘nlab nafari tashkilotning harbiy rahbariyatiga tegishli”, — dedi Halevi Tel Nof aviabazasida.

Bosh shtab rahbarining soʻzlariga koʻra, birgina soʻnggi bir necha kun ichida Isroil kuchlari Livandagi “Hizbulloh”ning yuzlab harbiy obyektlariga hujum qilgan. Gerzi Halevi Isroil armiyasi barcha tahdidlarni bartaraf etmaguncha va mamlakat shimolidagi chegara hududlari aholisining uylariga xavfsiz qaytishini ta'minlamaguncha to'xtamasligini ta'kidladi.

“Bizda hali foydalanmagan ko'plab imkoniyatlar mavjud. Biz hujumga ham, himoyaga ham juda yuqori darajada tayyormiz. Biz keyingi qadamlarga puxta tayyorgarlik ko‘rdik va ularni yaqin kelajak uchun yaxshi rejalashtirmoqdamiz”, — deya xulosa qildi u.

20-sentabr kuni Isroil qurolli kuchlari Bayrutning janubiy chekkasiga raketa hujumi uyushtirdi. Zarba natijasida 16 nafar "Hizbulloh" qo‘mondoni yo‘q qilindi. Ular orasida "Hizbulloh" qurolli kuchlari qo‘mondoni Ibrohim Oqil va maxsus kuchlar askarlarini tayyorlashga mas’ul bo‘lgan Ahmad Vahobiy ham bor edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92315 | Инструменты