Huawei 1
Shaxmat: Abdusattorovga kumush, Vohidovga oltin medal topshirildi

Vengriyada o‘tkazilgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida taxtalar kesimi bo‘yicha medallar o‘z egalariga topshirildi.

Unga ko‘ra, 1-taxtada Nodirbek Abdusattorovga kumush, 4-taxtada Shamsiddin Vohidovga oltin, ayollar o‘rtasida 5-taxtada Nodira Nodirjonovaga kumush medal topshirildi.Taxtalar kesimi bo‘yicha medallar shaxmatchilarning individual natijalari uchun taqdim etiladi. 

4-taxtada 1-o‘rinni egallagan Shamsiddin Vohidov 9 ta bahsdan 5 tasida g‘alaba qozondi, 4 ta partiyada esa durang o‘ynab, mag‘lubiyatga uchramadi.

Avvalroq 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi bayrog‘i O‘zbekistonga topshirilgani xabar qilingandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92317 | Инструменты