Buyuk Britaniyaning Leyboristlar partiyasidan parlamentga saylangan deputatlar Yuan Yang va Abtisam Muhammad Isroilga kiritilmadi va deportatsiya qilindi. Bu haqda “The Times of Israel” xabar berdi.
Qayd etilishicha, parlament delegatsiyasi tarkibidagi siyosatchilarning isroilga kirishiga ruxsat berilmagan va deportatsiya qilingan. Hodisa Tel-Avivdagi Ben Gurion aeroportida sodir bo‘lgan.
Nashrga ko‘ra, Yan va Muhammad Isroilga rasmiy delegatsiya tarkibida Luton shahridan kelganini va “Isroil xavfsizlik kuchlarining harakatlarini hujjatlashtirish niyatida ekanini” aytishgan. Biroq Isroil tomoni ularning maqsadlarini provokatsion va Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) harakatlariga qarshi noxolis qarashlarni tarqatishga qaratilgan deb hisoblagan.
Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi London Tel-Avivning ikki Britaniya deputatini mamlakatga kiritmaganidan xavotirda ekanini bildirdi. Uning aytishicha, Isroil rasmiylarining xatti-harakatlari “qabul qilib bo‘lmaydigan, samarasiz va chuqur tashvishli”.
Britaniya Tashqi ishlar vaziri Isroil hukumatidagi “hamkasblariga qirollik parlamenti a’zolariga “bunday munosabatda bo‘lish mumkin emasligini” ochiq aytdi.
Devid Lemmining ta’kidlashicha, Buyuk Britaniya hukumati o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga qaytishni ta’minlash va qon to‘kilishini to‘xtatish, garovga olinganlarni ozod qilish va G‘azodagi mojaroga barham berish bo‘yicha muzokaralar olib borishda davom etmoqda.
Ma’lumot uchun, deputatlar Yuan Yang va Abtisam Muhammad Isroilga qarshi boykot va sanksiyalarga chaqirishlari bilan tanilgan. Fevral oyi boshida Isroil mamlakatda rasmiy tashrif bilan bo‘lgan Yevroparlament a’zolari Lin Boylan va Rima Hasanni ham mamlakatga kiritmagan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40906 | Инструменты