Huawei 1
Isroil elchixonasi xodimlarini o‘ldirishda gumon qilinayotgan shaxs o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkin

Isroilning Vashingtondagi elchixonasining ikki xodimini o‘ldirishda gumon qilinayotgan shaxsga o‘lim jazosi berilishi mumkin. Bu haqda Federal qidiruv boshqarmasi hujjatlariga asoslanib Fox News telekanali ma’lum qildi.

Gumonlanuvchi Elias Rodrigesga chet ellik amaldorlarni o‘ldirish aybi qo‘yilgan bo‘lib, bu jinoyat o‘lim jazosi bilan jazolanadi. Shuningdek, u o‘qotar qurollar bilan bog‘liq bir nechta hodisalarda va ikki kishini qasddan o‘ldirishda ham ayblanmoqda.

O‘ldirilganlardan biri, Yaron Lishchinskiy, Isroil fuqarosi edi. Ikkinchi qurbon — Sara Milgrim esa Isroil elchixonasida ishlagan.

21-may kuni Vashington shtatidagi yahudiy muzeyi oldida Isroil elchixonasining ikki xodimi otib tashlandi.

Ma’lum qilinishicha, qurbonlar yosh juftlik bo‘lib, yahudiy muzeyidagi tadbirni tark etayotganda otib tashlangan. Politsiya otishma avvaldan rejalashtirilgani va maqsadli bo‘lganini ma’lum qilgan. Otishma sodir etishda gumonlangan 30 yoshli chikagolik Elias Rodriges qo‘lga olingan. U hujumdan keyin “erkin, ozod Falastin”, deb qichqirgan.

Isroilning AQSHdagi elchisi Yexiyel Leiter qurbonlar oila qurishni rejalashtirganini aytgan. AQSH prezidenti Donald Tramp qotillikka antisemitizm sabab bo‘lganini taxmin qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81818 | Инструменты