Isroil mudofaa armiyasi 30-sentyabr kuni tunda Livan bilan chegarada quruqlikdagi operatsiya boshlanganini ma’lum qildi.
Yahudiy armiyasi bayonotiga ko‘ra, Livan janubidagi chegara zonasidagi “Hizbulloh” guruhining obyektlariga qaratilgan “cheklangan operatsiya” boshlangan.
Bir necha soat oldin Isroil mudofaa armiyasi aniq razvedka ma’lumotlari asosida Livanning janubidagi “Hizbulloh” obyektlari va infratuzilmasiga qarshi cheklangan, mahalliylashtirilgan va maqsadli quruqlikdan reydlarini boshladi. Ushbu nishonlar chegara yaqinidagi qishloqlarda joylashgan va Isroil shimolidagi Isroil jamoalariga bevosita tahdid soladi, deyiladi bayonotda.
Harbiylar Isroil harbiy-havo kuchlari va artilleriya ushbu hududdagi harbiy nishonlarga aniq zarbalar berib, quruqlikdagi qo‘shinlarni qo‘llab-quvvatlayotganini bildirdi.
Axios portali Isroil rasmiylariga tayanib ma’lum qilishicha, hukumat yig‘ilishida ma’qullangan Livan bilan chegaradagi operatsiya ham vaqt, ham ko‘lam jihatidan cheklangan bo‘ladi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, u Livanning janubiy hududlarini bosib olishga qaratilgan emas.
Bundan tashqari Isroil Sayda shahridagi falastinlik qochqinlar lageriga ham zarba bergani, kamida 5 kishi halok bo'lgani ma‘lum qilingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122210 | Инструменты