Huawei 1
Isroil Ukrainaga dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini sotishni ma'qulladi - Axios

Isroil hukumati fevral oyi o‘rtalarida Ukrainaga uchuvchisiz samolyotlarga qarshi kurashish tizimlarini sotish bo‘yicha eksport litsenziyalarini berishni ma’qullagan, deb yozadi Axios. Isroil rasmiylarining nashrga aniqlik kiritishicha, eksport litsenziyalarining tasdiqlanishi Isroilning Ukraina mojarosiga nisbatan siyosati o‘zgarganini anglatmaydi, chunki bu tizimlar mudofaa xarakteriga ega.

Agentlik ma’lumotlariga ko’ra, eksport litsenziyalari fevral oyi o’rtalarida Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant va tashqi ishlar vaziri Eli Koen tomonidan Rafael kompaniyasi va Elbit konserni uchun tasdiqlangan. 15-fevral kuni Koen litsenziyalar berilgani haqida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni xabardor qilgan.

Axiosning yozishicha, Ukraina Mudofaa vazirligi delegatsiyasi yaqinda Isroilga tashrif buyurib, u yerda dronlarga qarshi mudofaa tizimidan foydalanish haqida muzokaralar olib borgan. Ammo, kelishuv kali imzolanmagan.

Xabarga ko'ra, Isroil Rossiya Ukrainadagi jangovar amaliyotlarda qo‘llashi mumkin bo‘lgan Eron dronlariga qarshi mudofaa tizimlari qanday ishlashini ko’rish uchun litsenziyalarni tasdiqlashi mumkin. Ammo, Moskva va Tehron buni rad etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72608 | Инструменты