Italiya politsiyasi oltin eritish korxonasi xodimini qo‘lga oldi. La Repubblica gazetasining yozishicha, u ish joyidan qimmatbaho metallni o‘g‘irlash sxemasini yo‘lga qo‘ygan.
Qayd etilishicha, jinoyatchi oltin xaridi bo‘yicha oddiy hujjat tekshiruvi chog‘ida fosh bo‘lgan. Chalkash javoblarni qaytargan 38 yoshli erkak politsiyaga qiymati 23 ming yevroga teng 250 gramm oltin quymalarini topshirgan.
Uning uyida tintuv o‘tkazilganda yana oltin topilgan, shundan so‘ng erkak bir necha bor o‘g‘irlik sodir etganini tan olgan. Aniqlanishicha, u oltinlarni o‘zining uzun sochlariga yashirgan holda olib chiqib yurgan.
Erkakning aytishicha, yanvar oyigacha u Shveytsariyadagi zargarlik zavodida ishlagan va qo‘riqchilarning metall aniqlovchi uskunalarini chetlab o‘tib, zavoddan bir necha marta oltin olib chiqqan. Bunga uskunaning tekshiruv zonasi uning sochlariga qadar yetib bormagani sabab bo‘lgan. Umumiy hisobda, u bir yil davomida uyiga 150 ming yevrolik salkam 2 kilogramm oltin olib kelgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61101 | Инструменты