Huawei 1
Janubiy Koreya koronavirus bilan kasallanishning ikkinchi to’lqini boshlangani haqida xabar berdi

Janubiy Koreya koronavirus bilan kasallanishning ikkinchi to’lqini boshlangani haqida xabar berdi.  Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari tashkiloti rahbari Chon In Gyon prognozlar haqida so'z yuritdi.

“Dastlab, biz ikkinchi to'lqin kuzda yoki qishda boshlanadi, deb taxmin qilgan edik, ammo bizning taxminlar noto’g’ri bo’lib chiqdi. Odamlar bir-birlari bilan ijtimoiy masofa qoidalariga amal qilgan xolda muloqot qilmas ekan, infeksya tarqalishda davom etaveradi”, dedi mutaxassis.

Janubiy Koreya hukumati barcha sanitariya me'yorlarini saqlab qolish bilan karantin rejimini kuchaytirishi haqida ogohlantirdi.

Agar keyingi uch kun ichida yangi infeksiyalarning kunlik o'sishi o'rtacha 30 kishidan oshib ketsa yoki shifoxonalarda bemorlar soni 70% dan ortsa, qattiq ijtimoiy masofa rejimi e'lon qilinadi.

JSSTning so'nggi ma'lumotlariga ko'ra, Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanishning 12,484ta holati qayd etilgan, 281 kishi vafot etgan. Ohirgi 24 soat ichida kasallanganlar soni 46tag ko’paydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51101 | Инструменты