Huawei 1
JSST: Superbakteriyalar yiliga 1,3 million kishining hayotiga zomin bo‘lmoqda

Dunyoda infeksiyalarning antibiotiklarga chidamli turlari ko‘paymoqda. Bu esa insoniyat hayoti, salomatligi va epidemiologik vaziyat uchun jiddiy tahdiddir.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus o‘z bayonotida ushbu global muammo haqida to‘xtalib, superbakteriyalar sayyoramiz bo‘yicha har yili 1,3 million kishining o‘limiga sabab bo‘layotganini qayd etdi.

Dorilarga chidamli bakteriya, virus, zamburug‘ va parazitlar ko‘payishi qator xastaliklarni davolash jarayonini qiyinlashtiradi yoki muolaja imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi. Shu tariqa superbakteriyalar paydo bo‘lishi jadallashishi mumkin.

JSST rahbari bu muammoga qarshi kurashishda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Mikroblarga qarshi chidamlilik bo‘yicha siyosiy deklaratsiyada belgilangan ustuvor maqsadlar dasturilamal bo‘lishini qayd etdi.
Buning uchun hukumatlar sa’y-harakatlarni faollashtirish, hamkorlikni kuchaytirish chora-tadbirlarini ko‘rishlari kerak.

Eslatib o‘tamiz: ekspertlar hisob-kitoblariga ko‘ra, 2050-yilgacha dori-darmonlarga chidamli infeksiyalar 39,1 million insonning hayotiga zomin bo‘lishi, qolaversa, bu bilan bog‘liq patologiyalar tufayli 169 million o‘lim holati yuz berishi prognoz qilinmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112015 | Инструменты