Huawei 1
Madaniy meros agentligi Andijondagi Bobur haykali ko‘chirilishi yuzasidan xulosa olish uchun tushunchalar berilganini ma’lum qildi

Avvalroq, Andijon shahrida joylashgan Zahiridddin Muhammad Bobur haykalini ko‘chirib, o‘rniga turarjoy qurish rejalashtirilgani xabar qilingandi. Holat yuzasidan Madaniy meros agentligi munosabat bildirdi.

Bildirilishicha, Andijon shahri Bobur hamda Amir Temur ko‘chalari kesishmasidagi Zahiriddin Muhammad Bobur monumental san’at yodgorligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi 846-sonli qarori bilan Moddiy madaniy merosining ko‘chmas mulk ob’ektlari Milliy ro‘yxatiga kiritilgan.

“Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning 8 noyabrida Andijon viloyati Madaniy meros boshqarmasiga Andijon shahar Boburshoh hamda Amir Temur ko‘chalari kesishmasidagi Zahiriddin Muhammad Bobur monumental san’at yodgorligini Andijon shahar A.Fitrat ko‘chasida joylashgan “Jome me’moriy majmuasi” arxitektura yodgorligi hududiga ko‘chirilishi yuzasidan murojaat kelib tushgan”, deyiladi munosabatda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi 2001 yil 30 avgustdagi 269-P-sonli qonunining 20-moddasi 5-bandida “Moddiy madaniy meros ob’ektini hozirgi zamonda foydalanishga moslashtirish – moddiy madaniy meros ob’ektining tarixiy-badiiy qiymatini va asralishini o‘zgartirmasdan uning tarixiy-madaniy qimmatga ega bo‘lgan unsurlarini ta’mirlash asosida undan hozirgi zamonda foydalanishga shart-sharoit yaratish maqsadida amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlarini amalga oshirish” belgilab qo‘yilgan.

“Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2019 yil 30 martdagi 265-son qarori 6-ilovasi 9.5-bandida “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya va boshqa xo‘jalik ishlari, asrashga doir ishlarni amalga oshirish hamda ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar o‘tkazishga oid loyihalarga Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashi tomonidan xulosa berish belgilangan”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, yuqoridagilardan kelib chiqib, boshqarma tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur monumental san’at yodgorligini ko‘chirish masalasi yuzasidan tegishli tashkilotlarga Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashidan xulosa olish uchun tushunchalar berilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 iyundagi PQ-5150-sonli Qarorining 4-bandida:

- sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari joylashgan aholi punktlarining bosh rejalari Agentlik bilan kelishilishi majburiy hisoblanishi;

- moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlarida, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida ob’ektlarni qurish, buzish va obodonlashtirish ishlarining loyihalari Agentlik bilan majburiy tartibda kelishilishi belgilab qo‘yilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112016 | Инструменты